Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Oʻrta Osiyoning markaziy qismidagi mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti - Toshkent shahri. Davlat tili - Oʻzbek tili. Maydoni — 448,900[4] km2. Aholi soni (2012) — ↗30,183,400[5] . Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat. Oʻzbekiston - mustaqil, demokratik, dunyoviy, konstitutsiyaviy davlat. Mamlakatning rasmiy tili Oʻzbekcha. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT a'zodir. Tarixi Asosiy maqola: Oʻzbekiston tarixi Geografiya Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimolidan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirgʻiziston (chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afgʻoniston (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh. Demografiyasi Asosiy maqola: Oʻzbekiston demografiyasi Aholi piramidasi (2013-yilgi maʼlumot) Oʻzbekiston aholisi ↗30,492,800 kishini tashkil qiladi (2014-yil, yil boshiga). Aholining aksari qismi (81,7 %[4]dan koʻprogʻi — 24,15 mln.kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 3 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 2,5 millionlik tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 36 % shaharlarda va 64 % — qishloqlarda istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 81,7 %[4]ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi. Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 39 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 54 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.[6] Etnik tarkibi Maʼlumot 2000-yilga tegishli: Oʻzbeklar — 18 mln. 959 ming kishi (Jami aholining 78 %) Ruslar — 1 mln. 199 ming kishi Tojiklar — 1 mln. 166 ming kishi Qozoqlar — 990 ming kishi Qoraqalpoqlar — 504 ming kishi Tatarlar — 324 ming kishi (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 700 mingga yaqin) Qirgʻizlar — 232 ming kishi Koreyslar — 164 ming kishi Turkmanlar — 152 ming kishi Ukrainlar — 105 ming kishi Armanlar — 42 ming kishi Ozarbayjonlar — 36 ming kishi Forslar — 30 ming atrofida Uygʻurlar — 20 ming atrofida Beloruslar — 20 ming atrofida Qrim tatarlari — 10 ming atrofida (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 90 mingga yaqin) Joʻhitlar — tahminan 20 — 30 ming kishi Turklar — 10 ming atrofida Olmonlar — 7.9 ming kishi Yunonlar — 10 mingdan ozroq Madaniyat Oʻzbekiston fuqarosi pasport orqali aniqlanadi. Qadimdan Oʻzbekiston yeri Oʻrta Osiyoda madaniyat oʻchogʻi boʻlib kelgan. Bu yurtdan chiqqan olim va shoirlar butun dunyoni qoyil qoldirgan. Hozir ham davlat tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar natijasida Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasi rivojlanmoqda. Oʻzbek kinolari xalqaro kinofestivallarning gʻolibi boʻlmoqda. Oʻzbekistonda ayniqsa qoʻshiqchilik sanʼati keng rivojlangan. Oʻzbek primadonnasi nomini olgan Yulduz Usmonovani nafaqat Oʻrta Osiyoda, balki butun dunyo boʻylab muhlislarini topish mumkin. Shu qatorga yana Sevara Nazarxon, Ozodbek Nazarbekov larni qoʻshish mumkin. Din Asosiy maqola: Oʻzbekistonda din. Aholining koʻpchilik qismi Islom dinining Hanafiya (sunniylar) mazhabidagi musulmonlardir, aholining bir qismi Islom dinining Shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Bundan tashqari mamlakatda xristian dinining provoslavlar, katoliklar, protestantlar, lyuteryanlar, Arman Apostol Cherkovi, Yahova Shohidlari, Baptistlar, Yettinchi Kun Adventistlari, Koreys Xristianlari va boshqa mazhablari ham bor. Yahudiylik, Buddistlik, Krishnaitlar, Baxailar va boshqa dinlar ham Oʻzbekistonda mavjud. 87,1 %--Islom (Hanafiylar, Sunniylar) 4,8 %-- Xristian (Pravoslavlar) 2,4 %-- Xristian (Katoliklar, Protestantlar, Lyuteryanlar va boshqa xristian mazhablari) 1,3 %-- Islom (Shialar) 0,8 %-- Yahudiylar 4,2 %-- Boshqa Dinlar Taʼlim Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joiy, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaetganligidan qatʼi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shahslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. Davlat va Siyosat Oliy Majlis (Parliament of Uzbekistan).jpg Milliy bayramlar 1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb eʼlon qilingan: 1 Yanvar — „Yangi Yil Bayrami“ 14 Yanvar — „Vatan Himoyachilari kuni“ 8 Mart — „Xalqaro Xotin-Qizlar kuni“ 21 Mart — „Navroʻz Bayrami“ 9 May — „Xotira va Qadrlash kuni“ 1 Sentyabr — „Mustaqillik kuni“ 1 Oktyabr — „Oʻqituvchi va Murabbiylar kuni“ 8 Dekabr — „Konstitutsiya kuni“ 31 Dekabr — „Yangi~Yil rasman“ Ramazon Hayit (Iyd-al-Fitr) bayrami Qurbon Hayit (Iyd-al-Adha) bayrami Xalqaro Munosabatlar Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi [1]. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega: BMT Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi BMTning milliyxalqlar Fondi Qochoqlar boʻyicha BMTning Oliy Komissariat boshqarmasi BMTning bolalar fondi vakolatxonasi — UNICEF BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti- EXHT /ОSCЕ Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi — ICRC Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari fyedyeratsiyasining vakolatxonasi — Red Cross Xalqaro moliyaviy tashkilotlar: Jahon banki vakolatxonasi — JB/World Bank Xalqaro valyuta fondi vakolatxonasi — HVH/IMF Еvrоpа Tiklаnish vа Tаrаqqiyot Bаnki vakolatxonasi Xalqaro Moliya korporatsiyasi vakolatxonasi Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonasi Viloyatlar Uzbekistan provinces.png Oʻzbekiston 12 ta viloyat (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat. Boʻlinishi Markazi Maydoni (kv.km) Aholisi Raqam Andijon viloyati Andijon 4,200 2,805,000 2 Buxoro viloyati Buxoro 39,400 1,384,700 3 Fargʻona viloyati Fargʻona 6,800 2,597,000 4 Jizzax viloyati Jizzax 20,500 910,500 5 Xorazm viloyati Urganch 6,300 1,200,000 13 Namangan viloyati Namangan 7,900 1,862,000 6 Navoiy viloyati Navoiy shahri 110,800 767,500 7 Qashqadaryo viloyati Qarshi 28,400 2,029,000 8 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus 160,000 1,200,000 14 Samarqand viloyati Samarqand 16,400 3,444,800 9 Sirdaryo viloyati Guliston 5,100 648,100 10 Surxondaryo viloyati Termiz 20,800 1,676,000 11 Toshkent viloyati Toshkent shahri 15,300 4,450,000 12 Tabiiy resurslar O‘zbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor. Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilg‘ining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qo‘ngʻir va yarim kokslanadigan ko‘mir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning ko‘p turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda. Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra O‘zbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha oltinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi. Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi. |
About us|Jobs|Help|Disclaimer|Advertising services|Contact us|Sign in|Website map|Search|
GMT+8, 2015-9-11 20:13 , Processed in 0.151334 second(s), 16 queries .